15:04 / 09.07.2022
11160

Qurbon hayiti munosabati bilan harbiy qismlarda oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi

Yarmarkada harbiy qismlardagi yordamchi ho‘jaliklar, shuningdek, mahalliy fermer va dehqonlar, tadbirkorlar tomonidan bozor narxidan arzonroq oziq-ovqat mahsulotlari sotilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan Jizzax hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun Qurbon hayiti munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, yarmarkada harbiy xizmatchilar uchun harbiy qism va muassasalarda mavjud bo‘lgan yordamchi xo‘jaliklar, mahalliy fermer va dehqonlar hamda tadbirkorlar tomonidan sifatli, bozor narxidan arzonroq oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya qilingan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Ushbu yarmarka harbiy qismlarning o‘zida tashkil qilinishi, mahsulotlarning arzon va sifatliligi, qolaversa, xizmat joyidan turib xarid qilish imkoniyati mavjudligi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini xursand qildi”, deyiladi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.

Top