20:31 / 11.07.2022
14021

Rossiya Ispaniyaga gaz yetkazib berish bo‘yicha Jazoirni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Iyun oyida Ispaniyaga Rossiya gazini yetkazib berish hajmi may oyidagiga nisbatan ikki baravarga oshib, 8,7 ming GVt/soatga yetgan.

Foto: AFP

Rossiya Ispaniyaga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi bo‘yicha Jazoirni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, iyunda Ispaniyaga Rossiya gazini yetkazib berish hajmi may oyidagiga nisbatan ikki baravarga oshib, 8,7 ming GVt/soatga yetgan.

Bu Ispaniyaning gazga bo‘lgan umumiy ehtiyojining 24 foizga yaqinini tashkil etadi. Jazoirga esa umumiy ehtiyojning 22 foizi to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatdan Ispaniyaga gaz eksporti may oyidagi 9 GVT/soatdan 7,7 GVt/soatga kamaygan.

Hozirda Ispaniyaga gaz yetkazib berish bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda – umumiy ehtiyojning 30 foizi.

Qayd etilishicha, Madrid G‘arbiy Sahroi Kabirdagi bahslarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Marokashning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirgani sababli Jazoirdan Ispaniyaga gaz yetkazish hajmi kamaygan.

Top