15:17 / 11.07.2022
9713

Xarkivga zarbalar: kamida uch kishi halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi

Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Xarkivni kunduzi o‘qqa tutish paytida yaralanganlar orasida 16 va 4 yoshli bolalar ham bor.

Foto: Reuters

Xarkovning kunduzi o‘qqa tutilishi natijasida kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana 31 kishi, jumladan 16 va 4 yoshli bolalar yaralandi. Bu haqda 11 iyul, dushanba kuni Telegram-kanalida Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Oleg Sinegubov ma’lum qildi. U viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazining yangilangan ma’lumotlariga tayangan.

Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. 

Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar rossiyalik harbiylar tomonidan, taxminan yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari (YaO‘RT) yordamida amalga oshirilgan. 

Voqea joyidan olingan videotasvirlarda shahardan qora tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. 

«Xarkiv va oblast aholisi, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmang! Hozir bu juda xavfli», - deya ogohlantirdi Oleg Sinegubov. 

9 iyul kuni ISW urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti Rossiya Federatsiyasi Xarkiv oblastini Donbass va Ukraina janubidagi bosib olingan hududlarga qo‘shib olishni xohlayotgani haqida fikr bildirgandi. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 iyun kuni Xalqaro siyosiy tadqiqotlar institutining global siyosat forumi ochilishida so‘zlagan nutqida shunday degandi: «Biz uni, bu mintaqani ozod qildik. Ular esa (Rossiya harbiylari) yana qon to‘kilishini xohlayapti, biz buni ko‘ryapmiz. U yerda bir yarim million aholi bor».

«Mikolaiv doimiy ravishda bombardimon qilinmoqda, u yerda deyarli yarim million aholi bor. Ular Slovyanskni egallab, butunlay vayron qilmoqchi edi, urushgacha u yerda 100 ming aholi bo‘lgan», - deya ta’kidladi Zelenskiy. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top