07:41 / 19.07.2022
11602

Gruziya bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Joriy yilning 18 iyul kuni Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Toshkentga keldi. 

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Uni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga borish bilan boshlandi, I.Garibashvili O‘zbekiston qadim tarixi va yorqin bugungi kuniga hurmat tariqasida Mustaqillik monumenti poyiga guldasta qo‘ydi.

Delegatsiyaning navbatdagi yo‘nalishi «Texnopark» bo‘lib, u yerda mehmonlar ishlab chiqarish jarayoni, mahalliylashtirilgan yuqori texnologiyali mahsulotlar turlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Gruziyaga asosan sanoat tovarlari, kimyo mahsulotlari, ichimliklar, avtomobillar va transport uskunalarini yetkazib beradi. Gruziya farmatsevtika mahsulotlari, transport uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni import qiladi. 2017 yildan buyon mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 34,3 foizga o‘sib, 127,4 million dollarni tashkil etdi. 

17 ta zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni birlashtirgan «Texnopark»ga tashrif chog‘ida Gruziya bosh vaziri mamlakat salohiyatiga e’tibor qaratdi, shu nuqtayi nazardan, bugungi kunda yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish ikki tomonlama hamkorlik ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotgani aytildi.

Mavzuga oid
Top