15:59 / 21.07.2022
8218

O‘zbekiston iqtisodiyoti real o‘sishi 5,4 foizni tashkil etdi

Foto: AP

Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha iqtisodiyotning real o‘sishi 5,4 foizni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (7,2 foiz) past bo‘ldi, biroq aprel oyidagi prognozlardan yuqori bo‘ldi (3,5-4,5 foiz).

Markaziy bank matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va chakana savdoda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi.

«Yaqin oylarda bu tendensiyaning davom etishi narxlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», - deyiladi regulyator bayonotida. 

Qayd etilishicha, birinchi yarim yillikda oylik ish haqi va pensiyalarning oshishi hisobiga o‘rtacha hisoblangan nominal ish haqi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada ko‘tarildi va bu iqtisodiyotdagi ichki talabni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biriga aylandi.

Bu davrda banklar tomonidan iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar hajmi 10 foizga ortdi.

Top