07:45 / 25.07.2022
3564

O‘zbekiston 450 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi

O‘zbekiston 6 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 450 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 104 ming tonnaga oshgan. 

2022 yilning 6 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

  • meva va rezavorlar – 118 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar – 21 ming tonna;
  • sabzavotlar – 576 ming tonna;
  • karam – 130 ming tonna;
  • pomidor – 56 ming tonna; 
  • uzum – 11,1 ming tonna; 
  • mayiz – 38 ming tonna;
  • yeryong‘oq – 11 ming tonna;
  • tarvuz-qovun – 67,8 ming tonna.
Mavzuga oid
Top