17:56 / 27.07.2022
21622

«O‘zgidromet» direktori O‘zbekistonga salqin havo qachon qaytishini ma’lum qildi

28-29 iyul kunlari respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

“O‘zgidromet” bosh direktori o‘zining feysbukdagi sahifasida shu mazmunda prognoz xabar qoldirdi.

Qayd etilishicha, 28-29 iyul kunlaridan boshlab respublikaga asta-sekin salqin havo qaytadi. Ural hududlaridagi nam havo oqimi bu safar "so‘nib borayotgan" issiq havo oqimini respublika hududlaridan butunlay "haydab yuborish" quvvatiga ega bo‘ladi.

Mazkur holat uzoq muddat kuzatilgan jazirama havo o‘rniga salqin havo qaytishiga sabab bo‘ladi. 29 iyuldan janub viloyatlaridan tashqari boshqa viloyatlarda aholi kunlar anchagina salqinlaganini his qiladi.

26 iyul kuni Uralda nam havo oqimlaridan hududlarda bir sutkada 10-13 millimetrgacha yog‘in yog‘gan. Mintaqadagi tog‘lar va shimolda ham bu oqimdan 3-6 millimetrga yaqin yog‘in yog‘ishini prognoz qilish mumkin. Bu sel-suv toshqin keltirib chiqarmaydi.

Mavzuga oid
Top