11:50 / 27.07.2022
43187

Qizlarning maktabga milliy ro‘molda kelishi man etilmaydi - Xalq ta’limi vaziri

Baxtiyor Saidovga ko‘ra, milliy qadriyatlardan kelib chiqib, o‘quvchi-qizlarning maktabga ochiq rangdagi milliy ro‘molni boshning orqa tomonidan o‘ragan holda kelishi man etilmaydi.

Foto: AOKA

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov umumta’lim maktablari uchun yagona maktab formasini joriy etish masalasiga doir bayonot bilan chiqdi.

Ta’kidlanishicha, milliy qadriyatlardan kelib chiqib, o‘quvchi-qizlarning maktabga ochiq rangdagi milliy ro‘molni boshning orqa tomonidan o‘ragan holda kelishi man etilmaydi.

Bildirilishicha, o‘quvchi-qizlarning liboslari uzunligi borasida ham ayrim tushunmovchiliklar bo‘lmoqda. 

“Ta’kidlash joiz, tasdiqlangan o‘lchamlarda eng minimal uzunlik belgilangan. Ya’ni o‘quvchi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirishga ruxsat beriladi, ammo belgilangan o‘lchamdan kalta bo‘lishi mumkin emas”, dedi vazir.

Top