13:00 / 28.07.2022
7616

His-tuyg‘ular, sovg‘alar: EVOS'ning 64-filiali ochilish marosimi shunday bo‘lib o‘tdi

2022-yil 23-iyul kuni EVOS tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni qiziqarli shou-dastur va qimmatbaho sovg‘alar kutib oldi.

Foto: EVOS

15 yildan ortiq vaqt davomida EVOS tashrif buyuruvchilarni xursand qilishdan to‘xtamadi va butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘z geografiyasini kengaytirib kelmoqda. Deyarli har oy yangi filial ochilmoqda va bu safar omad bekobodliklarga nasib etdi.

Foto: EVOS

Tadbirning dastlabki daqiqalaridanoq 1000 ga yaqin mehmonlar qiziqarli va aql bovar qilmaydigan shou muhitiga sho‘ng‘idilar: ularni hodulistlar va animatorlar, zamonaviy musiqa va mazali taomlar kutib oldi. Multfilm qaxramonlari Fiksiklar kichkina mehmonlar o‘rtasida raqs musobaqalarini o‘tkazdilar.

Foto: EVOS
Foto: EVOS

Bundan tashqari, o‘z sohasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan sovun pufakchalarining sehrli shousi bolalar va kattalarga manzur bo‘ldi. Har bir tashrif buyuruvchi yangi filial xodimlaridan figurali yoki shaxsiylashtirilgan sharlarni oldi.

Foto: EVOS
Foto: EVOS
Foto: EVOS

Tadbirning rasmiy qismini O‘zbekistonning eng mashhur boshlovchilaridan biri – Dilshod Mirzamurotov ochib berdi. U barcha yig‘ilganlarga minnatdorchilik bildirib, bo‘lajak musobaqalar va sovrinlar haqida gapirib berdi.

Foto: EVOS

Lavashlarni kim tez yeyish musobaqasi kechaning eng mashhur bellashuviga aylandi. 2 ta turnir: ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘tkazildi.

Foto: EVOS

Tanlovlarda katnashgan g‘oliblarga smartfon va 500 000 so‘mlik EVOS'ning imzoviy cheki topshirildi.

Foto: EVOS
Foto: EVOS

Tadbir boshlanishiga 10 kun qolganida Bekobod shahrida lotereya o‘yini uchun mahsus quti o‘rnatilgan edi. Ishtirokchilar o‘z raqamlarini qoldirdilar va ochilish marosimida smartfonni yutib olgan g‘olib aniqlandi.

Butun tadbir tashrif buyuruvchilarning jo‘shqin nigohlari va samimiy tabassumlari bilan o‘tdi. Do‘stona va ijobiy muhit hukm surdi.

Foto: EVOS
Foto: EVOS

Kechaning navbatdagi mehmoni DJ King Macarella bo‘ldi, u o‘ziga xos ijro qilingan musiqa bilan tomoshabinlarni xursand qildi. Zamonaviy repertuar raqslarda ishtirok etgan barcha yoshdagi mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

Foto: EVOS
Foto: EVOS

Har tomonlama boy kechaning finalini esa mehmonlarimiz estrada xonandasi Hamdam Sobirov bilan birga o‘tkazishdi. Xonanda mashhur qo‘shiqlarini ijro etib, har bir tinglovchiga yorqin va unutilmas xotiralarni qoldirdi.

Instagram: instagram.com/evosuzbekistan

Facebook: fb.com/evosuzbekistan

Telegram-bot: t.me/evosdeliverybot

Reklama huquqi asosida

 
Mavzuga oid
Top