20:05 / 29.07.2022
6213

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Damas haydovchisi halok bo‘ldi

Damas o‘zidan oldinda ketayotgan Matiz mashinasining orqa qismidan borib urilgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 21 iyul kuni soat 15:20 larda A-376 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lining Zarbdor tumanidan o‘tgan 277-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Zarbdor tumani Oybek mahallasida yashovchi shaxs Damas mashinasi bilan Jizzax-Zarbdor yo‘nalishida harakatlanayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan Sharof Rashidov tumanida yashovchi shaxs boshqaruvida bo‘lgan Matiz mashinasining orqa qismidan borib urilgan.

Hodisa oqibatida Damas haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Jizzaxda Nexia mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda, haydovchining otasi vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top