13:00 / 31.07.2022
84293

Samarqand shahrida YoJU texnika institutining filiali ochildi

Foto: YoJU texnika instituti

Qadimiy va hamisha navqiron ma’rifat markazlaridan biri Samarqand shahrida YoJU texnika institutining filiali ochilishi haqida mamnuniyat bilan e’lon qilamiz!

Foto: YoJU texnika instituti

Institut iqtisodiyotning turli sohalarida talabga javob beradigan, zamonaviy kasbiy bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi. Shuningdek, 2021 yil ilk bor xalqaro oliy ta’lim maskanlari orasida YoJU texnika institutining filiali Namangan shahrida tashkil topdi.

Foto: YoJU texnika instituti

Institut zamonaviy jihozlangan, doimiy ravishda yangilab turiladigan axborot-resurs bazasiga ega. Dars berish uchun malakali professor-o‘qituvchilar saralab olingan. Ular qatorida Buyuk Britaniya, AQSh, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlardan kelgan mutaxassislar ham bor. Ko‘plab mahalliy professor-o‘qituvchilar esa Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQShning yetakchi universitetlari diplomlariga ega.

Foto: YoJU texnika instituti

Toshkent shahridagi YoJU texnika instituti ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va institut tomonidan berilgan diplom O‘zbekiston hududida to‘laqonli tan olinadi. Toshkent shahridagi YoJU texnika instituti o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 2018 yil 24 iyuldagi № OT 0002 davlat litsenziyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2019 yil 17 dekabrdagi 1007-son «Toshkent shahridagi YoJU texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida olib boradi. Shuningdek, institut 2022 yilda O‘zbekistonning nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida birinchilardan bo‘lib xorijiy KAZSEE va IQAA  agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi.

Foto: YoJU texnika instituti
Foto: YoJU texnika instituti

Institut tomonidan iqtidorli abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

- IELs 6.5 yoki TOPIK 4 darajaga ega bo‘lgan abituriyentlar institutning 1-kursiga insho va suhbat orqali qabul qilinadi;

- so‘nggi 2 yil ichida matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, biologiya, kimyo va tarix fanlaridan xalqaro va respublika Olimpiadalarda 1-2-3-o‘rinlarni egallagan abituriyentlar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1-kursiga tegishli ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadilar;

- kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘qishni grant asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Har yili institut ta’sischilari tomonidan yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlashga undash, bilimli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim granti ajratiladi;

- kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar o‘quv kurslari davomida Koreya Respublikasining hamda Yevropaning bir qator nufuzli oliy o‘quv yurtlarida «2+2» yoki «3+1» dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkoniyatlariga ega.

 

Taqdim etiladigan zaruriy hujjatlar (elektron shaklda):

  • O‘rta ma’lumot to‘g‘risida diplom (attestat);
  • Pasport nusxasi;
  • 3.5x4.5 hajmida rasm (JPEG).

📌Siz hujjatlaringizni:

- onlayn tarzda (24 soat davomida) topshirishingiz mumkin.

Telegram-kanal: https://t.me/yodju_sam

Sayt: www.ytit.uz

Murojaat uchun: +998 78 129 40 40 (1)

Ma’lumot o‘rnida: To‘rt yillik o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan va belgilangan namunadagi diplom oladilar.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top