10:00 / 01.08.2022
2356

“O‘zbekinvest” kompaniyasining hududiy direktorlari dunyodagi yirik yetakchi sug‘urta kompaniyalarida amaliyot o‘tashdi

 2022 yil iyul oyida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 14 nafar hududiy filiallari rahbarlari dunyoning o‘nta yirik qayta sug‘urtalovchilaridan biri bo‘lgan «Korean Reinsurance Company» (Korean Re) xamda «Hyundai Marine & Fire Insurance» (Janubiy Koreya) kompaniyalariga malaka oshirish va tajriba almashish kurslariga yuborildi.

Foto: O‘zbekinvest

Hududiy bo‘limlar rahbarlarini o‘qitish Janubiy Koreyaning Seul shahridagi «Korean Re» va «Hyundai Marine & Fire Insurance» o‘quv markazlarida amalga oshirildi. Kompaniya mutaxassislari Janubiy Koreyaning sug‘urta va qayta sug‘urta bozorining rivojlanish holati, mol-mulk sug‘urtasi, javobgarlik sug‘urtasi, muhandislik sug‘urtasi va aholiga taqdim qilinayotgan sug‘urta turlarini batafsil o‘rgandilar.

Trening yakunlari bo‘yicha “Korean Re” va «Hyundai Marine & Fire Insurance» kompaniyalarining yetakchi mutaxassislari bilan O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning eng dolzarb masalalari, shuningdek, global tashqi omillarning sug‘urta sohasining rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha tajriba va fikr almashildi.

Kompaniya hududiy rahbarlarining tajriba orttirish dasturi maqsadli ravishda dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar o‘ntaligiga kiruvchi va sug‘urta bozorining xajmi bo‘yicha Osiyo qit’asi davlatlari orasida yetakchilardan bo‘lgan, aholisining 94 foizi 2 va undan ortiq sug‘urta polisiga ega bo‘lgan, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 11,4 foiz hajmi bilan sug‘urta mukofotlari xajmi bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egallaydigan Janubiy Koreyada tashkil etildi.

Barcha darajadagi mutaxassislarning professional ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish “O‘zbekinvest” kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda, tuzilmalar xodimlari va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari uchun “Sug‘urta maktabi”, boshqaruv xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha “Sug‘urta akademiyasi” hamda sug‘urta agentlarini tayyorlash bo‘yicha onlayn platforma faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu yilning may oyida 14 nafar tuman bo‘limlari eng samarali rahbarlari Pragadagi G‘arbiy Bogemiya universitetida (Chexiya) malaka oshirish kurslarini tamomladilar.

Tuman bo‘limlari rahbarlarining navbatdagi guruhi joriy yilning sentabr oyida Praga shahrida amaliyot o‘tash uchun yuborilishga tayyorlanmoqda, viloyat filiallar rahbarlari esa kelasi yil boshida amaliyot o‘tash uchun Nyu-York shahriga, dunyoning rivojlangan yetakchi sug‘urta bozorini o‘rganish uchun AQShga yuboriladi.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ axborot xizmati Ⓣ

Top