07:42 / 01.08.2022
6267

Oziq-ovqat importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi oziq-ovqat importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlarni ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-iyun oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati quyidagicha:

  • bug‘doy – 375,4 mln AQSh dollariga;
  • shakarqamish – 185,3 mln AQSh dollariga;
  • margarin mahsulotlari – 156 mln AQSh dollariga;
  • qoramol go‘shti – 98,6 mln AQSh dollariga;
  • bug‘doy uni – 63,4 mln AQSh dollariga;
  • kartoshka – 55,5 mln AQSh dollariga;
  • kakao va shokolad – 53 mln AQSh dollariga;
  • sut mahsulotlari – 38 mln AQSh dollariga;
  • bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 35 mln AQSh dollariga;
  • banan – 26,5 mln AQSh dollariga;
  • choy – 23 mln AQSh dollariga;
  • parranda go‘shti – 22 mln AQSh dollariga;
  • makkajo‘xori – 21 mln AQSh dollariga;
  • qahva – 15 mln AQSh dollariga;
  • qandolat mahsulotlari – 12,5 mln AQSh dollariga.
Top