09:15 / 03.08.2022
8548

O‘zbekistonning qaysi hududida tulkilar ko‘pligi ma’lum qilindi 

Qaysi hududda tulkilar ko‘pligi ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Pixabay

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada yovvoyi hayvonlarni qo‘riqlash va ko‘paytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlarda mavjud tulkilar umumiy soni 4 533 tani tashkil etgan.

Yovvoyi hayvonlarni qo‘riqlash va ko‘paytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlar hisob-kitoblariga ko‘ra, tulkilar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati – 1 537 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 1 527 ta;
  • Toshkent viloyati – 624 ta;
  • Buxoro viloyati – 392 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 356 ta.

2022 yilning 1 yanvar holatiga, tulkilar soni bo‘rilar soniga qaraganda 3 mingtaga ko‘p.

Top