07:51 / 05.08.2022
5746

140 ta aholi punkti shaharsozlik hujjatini ishlab chiqishga 126 mlrd so‘m ajratildi

Joriy yilda 140 ta aholi punktining shaharsozlik hujjati ishlab chiqilgan va buning uchun 126,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu haqda qurilish vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ma’lum qildi.

Qurilish vazirligi vakillari shaharlar bosh rejalarini ishlab chiqish, sohaga tatbiq etilayotgan innovatsion yechim va texnologiyalar, xorijlik arxitektor va urbanistlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik holati haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, “Obod qishloq” dasturi doirasida 413 ta ahvoli og‘ir mahalla bosh reja sxemalari ishlab chiqilmoqda. 

2023-2027 yillarga mo‘ljallangan shahar, qishloq va ovullar bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida dastur shakllantirildi.

2023 yilda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan 219 ta shaharsozlik hujjatni ishlab chiqish uchun 230 mlrd so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

Top