13:16 / 05.08.2022
3218

6 oyda O‘zbekistonda 48 trln so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi

6 oyda O‘zbekistonda 48 trln so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 48 trln so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan. 

O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning hajmida 39,4 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi:

  • 2017 yilda – 17,1 trln so‘m; 
  • 2018 yilda – 30,2 trln so‘m; 
  • 2019 yilda – 85,4 trln so‘m;
  • 2020 yilda – 89,8 trln so‘m;
  • 2021 yilda – 101,4 trln so‘m.
Top