16:44 / 10.08.2022
9585

Qozog‘istondan O‘zbekistonga 45 mln dollarlik AI-95 benzinini olib kirishga urinish aniqlandi

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Moliyaviy monitoring agentligining Pavlodar viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan AI-95 rusumli benzinni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi.

Foto: Kazinform

Bu haqda Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmatiga tayanib, «Kazinform» xabar berdi.

«Antidetonatsiya yonilg‘i qo‘shimchasi niqobi ostida 280 tonna, salkam 90 mln tengelik benzin yuklangan 5 ta vagon-sisterna ushlandi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, temiryo‘l sisternalaridan olingan namunalar K-4 ekologik sinfidagi AI-95 benzinidir. Ma’lum bo‘lishicha, shartnoma shartlariga ko‘ra, jami chet el kompaniyasi foydasiga mamlakatdan 45 mln dollarlik 50 ming tonna mahsulotni olib chiqib ketish rejalashtirilgan edi», — deyiladi xabarda. 

Hozirda tergov davom etmoqda.

Top