13:50 / 11.08.2022
20570

Donbassda baqlajon yig‘imi, frontdagi ukrain askarlari. Urush suratlari

10 avgust kuni  ukrain harbiylari Kaxova GES hududida Dnepr daryosidan o‘tgan ko‘prikka muvaffaqiyatli zarba berilganini ma’lum qildi. Rossiya qo‘shinlari ukrain shaharlarini o‘qqa tutishda davom etmoqda: Dnepropetrovsk oblastining Marganets shahrida kamida 13 kishi, Donetskning Baxmutida — 7 kishi halok bo‘ldi. RF Davlat dumasining xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Slutskiy RT uchun intervyusida Rossiya hukumati Ukrainaga bosqinni ifodalash uchun qo‘llayotgan «maxsus amaliyot» «qaytib bo‘lmas nuqtadan o‘tgani» va «har qanday shubhalarga qaramay davom ettirilishi»ni ma’lum qildi.

Quyida 10 avgust, urushning 168-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Dnepropetrovsk oblasti

Rossiya Dnepropetrovsk oblastidagi Marganets shahrini o‘qqa tutishi oqibatlari. 10 avgust kuni kechqurungi ma’lumotga ko‘ra kamida 13 kishi halok bo‘lgan, maktab binosi, turar joylar va boshqa fuqarolik obektlari shikastlangan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dnepropetrovsk oblastidagi Marganets shahrida rossiyaliklar snaryadi kelib tushgan kvartira.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Zaporijjya oblasti 

Zaporijjya oblastidagi qishloq hududida rossiyaliklar snaryadi kelib tushishidan hosil bo‘lgan o‘ra. Oblastdagi yirik shaharlar — Melitopol, Berdyansk hamda Zaporijjya AES joylashgan Energodar — bosqinning ilk kunlaridan buyon rossiyaliklar tomonidan ishg‘ol qilingan, Rossiya hukumati bu hududlar Rossiyaga qo‘shib olinishi bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mikolayiv oblasti 

Mikolayivlik Angelina devordagi tirqishdan qaramoqda. Devordagi yoriq Rossiya harbiylarining shu kunlardagi zarbalari vaqtida hosil bo‘lgan.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari tanki Mikolayiv yaqinidagi front chizig‘ida. Mikolayiv oblasti rossiyaliklar bosib olgan Xerson oblasti bilan chegaradosh, ammo rossiyaliklar qo‘shini mart oyidagi yurishlarda Mikolayivni egallay olmagan. Port shahar Ukraina nazoratida qolmoqda, ammo deyarli har kuni rossiyaliklar tomonidan zarbaga uchramoqda.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblasti 

Xarkiv oblastidagi front chizig‘ida ZU-23-2 zenit qurilmasi boshqaruvidagi ukrain operatori. Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan oblast markazi (Xarkivdan Belgorodgacha masofa 80 kilometr) uchun janglarda rossiyaliklar muvaffaqiyatga erisha olmagan va may oyi o‘rtalarida ortga chekingan. Ammo shahar deyarli har kuni Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Oblast hududida lokal janglar davom etmoqda.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

 

Ukraina qurolli kuchlari askarlari Donetsk oblastining Kramatorsk shahri yaqinidagi yo‘l chetida buzilib qolgan zirhli texnika yonida. Strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu shahar Rossiya armiyasi uchun Donbassdagi muhim nishonlardan biridir.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA

O‘t o‘chiruvchi Baxmutdagi ko‘p qavatli uyga rossiyaliklar snaryadi kelib tushgach kvartiralardan birida chiqqan yong‘inni o‘chirishga oshiqmoqda. Baxmut Donetsk oblasti ichkarisiga harakatlanayotgan Rossiya qo‘shinlari yo‘lida joylashgan va doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Soledarda qolgan aholi vakillari uylardan birining yerto‘lasida yashiringan. Shahar uchun og‘ir janglar ketmoqda. 10 avgust kuni «LXR» va «DXR» rasmiylari o‘z kuchlari Soledar va Baxmut atrofiga yetib kelgani haqida xabar qilishdi.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Donbassda front chizig‘idan bir necha kilometr masofadagi fermada baqlajon yig‘imi.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top