11:16 / 11.08.2022
5857

Hududlardan 25 ming kishi Toshkentga doimiy yashash uchun ko‘chib keldi

Hududlardan 6 oyda 25 290 kishi Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan.

Foto: Kun.uz

2022 yil yanvar-iyun oylarida respublika boshqa hududlaridan Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 25 290 kishini tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davriga nisbatan 4 170 kishiga kamaygan.

Toshkent shahriga ko‘chib kelganlar kesimida erkaklar – 12 086 kishini, ayollar – 13 204 kishini tashkil qildi.

2022 yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahridan respublika boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 4813 kishini tashkil etdi.

Mavzuga oid
Top