2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 40,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 314 ta elektromobil import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 901 taga yoki 3,2 barobarga oshgan.
2022 yilning 7 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy – 1155 ta;
- BAA – 81 ta;
- Germaniya – 29 ta;
- Hongkong – 29 ta;
- Koreya – 7 ta;
- Litva – 7 ta;
- Estoniya – 2 ta.