11:47 / 17.08.2022
11103

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahri ziyorat qilinadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud taklifiga binoan 17 avgust kuni tongda davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahri ziyorat qilinadi.

Kunning ikkinchi yarmida davlat rahbari Jidda shahriga keladi. 

Qayd etilishicha, bu yerda oliy darajadagi O‘zbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Top