10:29 / 18.08.2022
3133

Toshkentda ShHT davlatlari ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining to‘rtinchi Kengashi boshlandi

18 avgust kuni Toshkent shahrida Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining to‘rtinchi Kengashi boshlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston raisligida o‘tayotgan kengashda ShHTga a’zo davlatlarning ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari hamda ShHTning doimiy organlari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, tadbirga INTERPOL, MDHga a’zo davlatlar hududida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish Byurosi, MDH a’zo davlatlarning terrorizmga qarshi kurashish markazi vakillari mehmoni sifatida tashrif buyurgan.

Mavzuga oid
Top