08:31 / 19.08.2022
45246

Foto: Shavkat Mirziyoyev umra amallarini bajardi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida muqaddas Makka shahrida ham bo‘lib, umra amallarini bajardi.

Davlat rahbari dinimiz arkonlariga muvofiq ehromga kirib, namoz o‘qidi, talbiya aytib, Masjidul Haramga bordi.

Ka’batullohning ichiga kirish musulmonlar orzu qiladigan ulug‘ sharafdir. Prezident ana shunday sharafga muyassar bo‘lib, Ka’batullohning ichida namoz o‘qidi.

So‘ng, Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita sa’y qilindi.

Mavzuga oid
Top