10:52 / 19.08.2022
3461

O‘zbekistonda bir yilda 14 mln tonna qattiq maishiy chiqindi hosil bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilar yillik hosil bo‘lish hajmi prognozi 14-14,5 mln tonna atrofida baholanadi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Baxitbay Aldamuratov ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi o‘rtacha 1,5 foizga ko‘payish sur’atini hisobga olganda, ushbu ko‘rsatkich 2028 yilga kelib 16-16,7 mln tonnaga yetishi mumkin.

Qayd etilishicha, yangi farmon bilan tadbirkorlik sub’yektlari – sanitar tozalash korxonalaridan undiriladigan bir qator majburiy to‘lovlar bekor qilinyapti. Sohada xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransportlar va texnikalarni xususiy sherikka berish muddati 7 yildan 10 yilga hamda bir yillik imtiyozli davr bilan uzaytirilishi belgilandi.

Jamoatchilik ekologik nazorati institutini mustahkamlash borasida jamoatchi inspektorlariga Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan yuritiladigan “Yashil makon” va boshqa platformalardan foydalanish imkoniyatlari berilmoqda. 

Sohada davlat nazoratini samaradorligini oshirish maqsadida ichki ishlar organlariga mahallalarda ekologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha qator vazifa va vakolatlarni berish orqali “Ekologik patrul” tizimi faoliyati kengaytirilyapti.

Mavzuga oid
Top