19:56 / 23.08.2022
8010

Argentina vitse-prezidentiga 12 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda

Kristina Elizabet Fernandes de Kirshner tovlamachilik va prezidentlik davrida davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblangan.

Foto: Reuters

Argentina prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti va hozirda vitse-prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi, deb xabar berdi Reuters.

Kristina Elizabet Fernandes de Kirshner 2019 yildan buyon tovlamachilik va prezidentlik davrida davlat mablag‘larini o‘zlashtirish ayblovlari bo‘yicha sud jarayonida qatnashmoqda. 

Fernandes senat rahbari sifatida hibsga olinishi mumkin emas, ammo prokuror Diyego Luchani yakuniy xulosasida uni qamash kerakligini ta’kidladi. 

U shuningdek, sobiq prezidentning davlat lavozimlarini egallashini taqiqlanishini istamoqda.

Fernandesning o‘zi barcha ayblovlarni rad etgan.

Mavzuga oid
Top