16:00 / 29.08.2022
6692

Joriy yilning iyul-avgust oylarida xorijdan qaytgan 1418 nafar fuqaro qurilish obektlariga ishga joylashtirildi

Foto: Mehnat vazirligi

Bugungi kunda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizga har tomonlama ko‘mak berish, ularning ish va yashash sharoitlarini yaxshilash, oilalaridan xabar olish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning esa ichki mehnat bozorida bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Foto: Mehnat vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining viloyatlardagi boshqarmalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududlardagi filiallari bilan hamkorlikda xorijda turli sohalarda ishlab, malaka orttirib qaytgan yurtdoshlarimizni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yirik qurilish obektlari va boshqa sohalarga ishga joylashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Foto: Mehnat vazirligi

Qurilish sohasini oladigan bo‘lsak, joriy yilning iyul-avgust oylarida mas’ullar tomonidan respublika bo‘yicha 277 ta qurilish korxonalari va qurilish sohasidagi loyiha rahbarlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, 5030 ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi. Xususan, 952 nafar betonchi, 88 nafar payvandchi, 883 nafar g‘isht teruvchi, 1104 nafar suvoqchi-bo‘yoqchi, 152 nafar santexnik, 96 nafar armaturachi, 169 nafar elektrik, 224 nafar pardozlovchi hamda 1362 nafar boshqa turli kasb egalariga bo‘lgan talab aniqlangan.

Foto: Mehnat vazirligi

Bo‘sh ish o‘rinlariga 1418 nafar xorijdan qaytib kelgan fuqarolar ishga joylashtirildi. Ayni paytda ushbu masala bo‘yicha ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.

Foto: Mehnat vazirligi

Bunda, xorijdan qaytib kelgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, tegishli so‘rovnomalar o‘tkazish orqali qurilish sohasida ishlab kelgan, malakali mutaxassislarni aniqlab ularni yirik qurilish obektlariga suhbat asosida ishga joylashtirish tadbirlari tashkillashtirilmoqda.

Foto: Mehnat vazirligi

Shuningdek, O‘zbekistonda qurilishi sohasida ishlash istagidagi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolardan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy filiallariga murojaat qilish so‘ralgan.

Top