14:11 / 02.09.2022
12223

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Xotira tadbirida Islom Karimovning xalq manfaati yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi. Qur’on tilovat qilindi.

Davlat rahbari ustozlarni qadrlash va hamisha yodga olish kerakligini, bu yosh avlodga o‘rnak bo‘lishini ta’kidladi.

Oliy Majlis, prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham birinchi prezident haykaliga gullar qo‘ydi.

Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.

Mavzuga oid
Top