13:01 / 05.09.2022
5444

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarini Farhod GES orqali bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Mustaqillik 31 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatidan Sirdaryoga qatnaydigan yangi muntazam viloyatlararo-shaharlararo avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, “Bobur SIU-Bekobod” hamda “Shirin-Bekobod” yo‘nalishlari masofasi 20-30 kilometr bo‘lib, har ikkala yo‘nalish ham Farhod GES orqali harakatlanadi. 
    
Endilikda Toshkent viloyatining Bekobod shahri aholisi qo‘shni Sirdaryo viloyatining Xovos tumani, Shirin shaharchalariga avtobus orqali ham  borib keladigan bo‘ldi.

Bundan oldin Sirdaryodan Tojikiston orqali Farg‘onaga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar berilgandi

Top