19:45 / 06.09.2022
3954

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari amaliy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 sentabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qozog‘iston yetakchisiga Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari munosabati bilan dalda so‘zlarini bildirdi hamda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etdi.

Ikki mamlakat prezidentlari O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlik ustuvor yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdi.

Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shu oyda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti kun tartibi muhokama qilindi.

Mavzuga oid
Top