09:02 / 07.09.2022
5618

Qanday holatda obekt rekonstruksiyasi uchun ruxsatnoma talab etilmasligi aytildi

Foto: Kun.uz

Hukumat 200-son qaroriga muvofiq qator hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Ushbu holatlar quyidagicha:

  • binolar mustahkamligi va zilzilabardoshliligini ta’sir qiluvchi yuk ko‘tarib turuvchi qismlar o‘zgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);
  • poydevor maydonini o‘zgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.

Bunda, loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.

Top