15:05 / 08.09.2022
6189

Afg‘oniston temir yo‘llari direktori O‘zbekistonga keldi

Tomonlar O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi transport yo‘lagi loyihasini muhokama qilish niyatida. Bu haqda Afg‘oniston temir yo‘llari matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: ara.gov.af

Uning ma’lumotiga ko‘ra, Baxt ar-Rahmon Sharofatning tashrifidan maqsad O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi transport yo‘lagi loyihasini ishlab chiqish bo‘lib, bu g‘oya bir oy avval video-konferensiya orqali muhokama qilingan edi.

Termiz shahridagi Afg‘oniston konsulligida qo‘shni davlat delegatsiyasi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori Oybek Ro‘ziyev bilan uchrashdi. Ularga temiryo‘l sohasida o‘qishni tamomlagan afg‘onlarning diplomlari topshirildi.

Oybek Ro‘ziyev Toshkentdan afg‘on talabalari uchun ta’lim grantlarini ko‘proq ajratishni so‘rayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Xitoy vakillari «yangi iqtisodiy yo‘lak qurish»ni muhokama qilishi kutilmoqda.

Top