14:34 / 09.09.2022
10334

Samarqanddagi oliy o‘quv yurtlarida darslar qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi qaroriga ko‘ra umumta’lim maktablarida darslar 19 sentabrdan, oliygoh va texnikumlarda 26 sentabrdan boshlanadi. Bu haqdagi qaror Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashida shu yil 31 avgust kuni qabul qilingan.

 

Bunga sabab qilib Samarqandda 15-16 sentabr kunlari o‘tkaziladigan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti davomida jamoat joylarida fuqarolar yig‘ilib qolishi hamda shahar ichida transport qatnovini kamaytirish ko‘rsatilgan.

Ma’lum qilinishicha, qoldirilgan dars mashg‘ulotlari soatlari o‘quv yili davomida beriladigan ta’tillarda o‘tiladigan darslar hisobidan qoplanadi.

E’tiborlisi, Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining VI-69-164-7-107-K/22 qarori 2022 yil 31 avgust kuni qabul qilingan bo‘lsa-da, u mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimi — e-qaror.gov.uz portaliga joylanmagan.

Mavzu
Samarqandda ShHT sammiti
15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti tashkillashtiriladi.
Barchasi
Top