07:37 / 10.09.2022
7086

Davlat organida korrupsion xavf-xatarni aniqlash tartibi tasdiqlandi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ular hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

Har yili 1 martga qadar tashkilotning mas’ul tarkibiy bo‘linmasi yoki ishchi guruhi (davlat idorasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat) korrupsiya xavfini baholaydi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash quyidagilar ishlab chiqilishini nazarda tutadi: korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi; korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur; korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati; korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri.

Tashkilot faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar quyidagi axborot manbalari asosida aniqlanadi:

 Baholash natijasi bo‘yicha tegishli korrupsion xavf darajasi belgilanadi:

Aniqlangan xavf-xatar yuqori yoki o‘rta darajada deb baholash davlat tashkiloti rahbari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

Baholash natijalari bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari E-anticor.uz elektron platformasiga joylashtiriladi. Uning asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi.

Top