10:42 / 12.09.2022
3983

Navoiyda bolalari kasallangan bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshlagan. 

Foto: Kun.uz

Kun.uz Karmana tumanidagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 20 nafar bola oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi tashxisi bilan kasallangani haqida ma’lum qilgandi. Navoiy viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, 9 sentabr kuni Karmana tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 10 nafar bola umumiy holsizlik, qusish va ich ketishi kabi klinik belgilar bilan yotqizilgan.

Bemorlarga oshqozon-ichak faoliyati buzilishi tashxisi qo‘yilib, ularning 9 nafariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ahvoli qoniqarli bo‘lgani sababli kasalxonadan chiqarilgan. 1 nafar bola boshqa kasallik alomatlari bilan davolanmoqda. Holat yuzasidan Karmana tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan”, — deyiladi prokuratura xabarida.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ham holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgan. Unga ko‘ra, mazkur bog‘cha faoliyati 10 sentabrdan vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek, o‘tkazilgan dastlabki o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ta’minotchi korxona – “Kids Maxi Navoiy” MChJ rahbari Po‘lat Ahmedovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Top