13:08 / 12.09.2022
5562

Toshkentda bir oyda eng ko‘p yo‘lovchi tashilgan avtobus yo‘nalishlari aytildi

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda yo‘lovchilar eng ko‘p foydalanuvchi avtobus yo‘nalishlarini ma’lum qildi. 

Foto: Kun.uz

"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar sonini ochiqladi (1-31 avgust holatiga ko‘ra).

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

1.  131-sonli yo‘nalish - 224 164
2.  58-sonli yo‘nalish -  189 414
3.  116-sonli yo‘nalish - 163 283

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

1. 141-sonli yo‘nalish - 2 362
2. 143-sonli yo‘nalish - 3 395
3. 196-sonli yo‘nalish - 4 183

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

1. Mercedes-Benz LF - 3 097 479
2. Isuzu -  2 027 368
3. Man - 1 593 067
4. Saz LE 60 -  1 567 160
5. Yutong (elektrobus) - 295 837

141 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 580 911

Top