10:41 / 19.09.2022
6729

51 ming post va 340 million qamrov – ShHT Samarqand sammiti telegram kanallarda qanday yoritildi?

1-18 sentabr oralig‘ida dunyo OAVining telegram sahifalarida ShHT Samarqand sammitiga doir 51 mingdan ortiq post qoldirildi. Ushbu xabar va maqolalar 340 milliondan ortiq foydalanuvchilarni qamrab olgan. Kun.uz nashrining rasmiy telegram kanali dunyoda ShHT Samarqand sammitiga doir postlar va ularning qamrovi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti OAVlarning telegramdagi sahifasida yoritilishi bo‘yicha raqamlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2022 yil 1 sentabrdan 2022 yil 18 sentabrga qadar 6 ta tilda sammit tadbirlariga doir 51 ming 670 ta post qoldirilgan.

Ushbu postlar dunyo bo‘ylab 340 milliondan ortiq telegram foydalanuvchilarini qamrab olgan.

Mamlakatlar bo‘yicha solishtirganda, ShHT sammiti bo‘yicha eng ko‘p telegram post O‘zbekiston OAVlari tomonidan qoldirilgan – 26 ming 311 ta post. Jami postlarning qamrovi 144,6 milliondan oshadi.

Keyingi o‘rinda Rossiya telegram kanallari – 18 ming 648 ta post, qamrovi 146,2 milliondan ortiq. Keyingi o‘rinlarda Eron (4300 ta / 40,7 million), Belarus (1546 ta / 5,2 million), Qozog‘iston (613 ta / 2,7 million) va Qirg‘iziston (252 ta / 469 ming) OAVlari telegram kanallarida e’lon qilingan postlar turibdi.

Ushbu mamlakatlar OAVlari orasida 1-18 sentabr holatiga ShHT Samarqand sammitiga doir eng ko‘p post Kun.uz internet nashri tomonidan qoldirilgan – 41 ta. Postlarning qamrovi bo‘yicha ham nashr mutlaq yetakchi – 14, 9 million martadan oshiq ko‘rilgan.

Rossiyada esa eng ko‘p post RIA Novosti agentligining telegram kanalida qoldirilgan – 10 ta. Ularning qamrovi 5,3 milliondan oshadi.

Eron OAVlarining telegram kanallari orasida Khabarfouri birinchi o‘rinda – 28 ta post, 4,7 milliondan ortiq qamrov.

Mavzu
Samarqandda ShHT sammiti
15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti tashkillashtiriladi.
Barchasi
Top