16:26 / 19.09.2022
7629

Kiyev Pivdennoukrainska AES o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi

19 sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Mikolaivska oblastidagi PAESni o‘qqa tutdi, portlash yadroviy reaktorlardan 300 metr uzoqlikda sodir bo‘ldi, deya xabar berdi «Energoatom». Ukraina prezidenti Rossiya butun dunyoni xavf ostiga qo‘yayotganiga ishora qildi.

Foto: Yenergoatom

Rossiya harbiylari Mikolaivska oblastida joylashgan Pivdennoukrainska atom elektr stansiyasining sanoat zonasiga raketa hujumi uyushtirdi. O‘qqa tutish kecha tunda amalga oshirildi, deb xabar berdi Ukrainaning «Energoatom» davlat korxonasi 19 sentabr, dushanba kuni Telegram-kanalida. 

Atom elektr stansiyasi reaktorlaridan atigi 300 metr masofada kuchli portlash sodir bo‘lgan, stansiya binosi zarba to‘lqinidan zarar ko‘rgan, 100 dan ortiq derazalar singan, Pivdennoukrainska energetika majmuasining bir qismi bo‘lgan Oleksandrivska GES gidroagregatlaridan biri o‘chirildi, deyiladi bayonotda. «Pivdennoukrainska AESning barcha uchta energobloki normal ishlamoqda. Yaxshiyamki, stansiya xodimlari orasida jabrlanganlar yo‘q», - deya xabar berdi «Energoatom». Korxona PAES hududidan olingan suratlarni e’lon qildi va raketa zarbasidan diametri 4 metr va chuqurligi 2 metr bo‘lgan chuqur qolgani haqida xabar berdi. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Telegram-kanalida rossiyaliklar Pivdennoukrainska atom elektr stansiyasi (PAES)ni raketalar bilan o‘qqa tutgani aks etgan video e’lon qilindi. «Okkupantlar yana o‘q otmoqchi bo‘lishdi, lekin ular atom stansiyasi nima ekanligini unutib qo‘yishdi. Rossiya butun dunyoni xavf ostiga qo‘ymoqda. Biz uni juda kech bo‘lmasdan to‘xtatishimiz kerak», - deb yozgan Zelenskiy postida. 

O‘z navbatida, Ukraina energetika vaziri German Galushchenko Rossiya dunyoni yadroviy falokat yoqasiga qo‘yganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AESni o‘qqa tutib, Rossiya «Yevropa energetik shantajida hech bo‘lmaganda qandaydir imtiyozlarga erishmoqchi». «Yevropa Rossiyaning energetik tajovuzkorligiga qarshi turishda qat’iylik ko‘rsatmoqda, biroq Ukrainada rus yadro terrorini to‘xtatish zarurati ikki tomonlama harakatni talab qiladi. Agar yadroviy qish kelsa, elektr energiyasining yuqori narxlari muammosi dolzarb bo‘lmaydi», - dedi u Facebook’da. 

So‘nggi haftalarda doimiy o‘qqa tutilayotgan, yadroviy falokatdan bir qadam narida turgan Zaporizka atom elektr stansiyasidagi vaziyat jahon hamjamiyatining diqqat markazida bo‘ldi. ZAES mart oyining boshidan beri rus qo‘shinlari tomonidan egallab olingan, ammo ukrainalik xodimlar tomonidan unda ishlashda davom etmoqda. Moskva va Kiyev bir necha bor bir-birini ZAESni o‘qqa tutishda aybladi. AEXA missiyasi sentabr oyi boshida stansiyada bir necha kun bo‘ldi, so‘ngra ikki mutaxassis obektda qoldi. 11 sentabrda «Energoatom» ZAES to‘liq to‘xtatilganini bildirdi, 17 sentabrda esa AEXA Ukraina energetika tizimiga yangi ulanish haqida e’lon qildi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top