10:13 / 19.09.2022
9284

Navoiydagi uydan odam suyagiga o‘xshash suyaklar topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Navbahor” MFYdagi xonadonlarning birida uy egasi yer kovlayotib, ko‘mib yuborilgan odam skeleti topib olgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Navoiy viloyati prokuraturasiga ko‘ra, Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro R.Z. joriy yil 16 sentabr kuni yashash xonadoni hovlisida joylashgan ekin yerini kovlayotgan vaqtida, odam suyagiga o‘xshash suyaklar chiqqanini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lum qilgan. 
 
Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyapti.

Qayd etilishicha, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy hamda sud-tibbiy kriminalistik ekspertizalar tayinlangan. 

Tergovga qadar tekshirish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi aytilgan.

Mavzuga oid
Top