17:00 / 21.09.2022
10775

Robot-jarroh: orzumiz ro‘yobga aylandi

Foto: Shox International Hospital

Zamonaviy kichik-invaziv jarrohlikning rivojlanishidagi muhim bosqichi, robotlashtirilgan tizimdan foydalanish bo‘ldi. Bugungi kunda undan tibbiyotning turli yo‘nalishlarida foydalanilmoqda. Jumladan, onkologiya, urologiya, ginekologiya, gastroenterologiya, umumiy jarrohlik hamda kolorektal va plastik jarrohlikda. Robot-jarroh tomonidan amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyotining afzalligi shundaki, ular sog‘lom to‘qimalarga minimal shikast yetkazish va kam qon yo‘qotish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shu tufayli turli xil xavflar kamayadi va reabilitatsiya davrining dovomiyligi qisqaradi. Bundan tashqari, jarrohlik operatsiyasidan keyingi og‘riq nisbatan kam seziladi va chandiqlar yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Bundan tashqari, robot-jarrohning keng vizual imkoniyatlari tufayli barcha manipulyatsiyalar nihoyatda aniq bajariladi. Xususan, ushbu tizim orqali jarrohlar tananing ichkarisini uch o‘lchamli tasvir yordamida ko‘ra olishlari mumkin bo‘ladi. Robotning jarrohlik asboblari kichik o‘lchamli bo‘lib, inson qo‘liga qaraganda ancha katta diapazonda egilib, aylana oladi. 

Foto: Shox International Hospital

O‘zining tuzilishiga ko‘ra, ushbu robot tizimi ikkita blokdan iborat: operator-jarroh uchun konsol va to‘rtta “qo‘lli” robot uskuna. Ushbu uskuna to‘rtta ishchi asbobni o‘z ichiga oladi: ulardan biri kamera, qolganlari esa shifokorga kerak bo‘lgan u yoki bu jarrohlik vositalaridir. Jarroh o‘z konsolida joylashib olib, konsol unga ichki organlarning 3D kattalashtirilgan tasvirini taqdim etadi va maxsus joystiklarni harakatga keltiradi. Ularning harakatlari esa tutqichlar tizimi orqali robot asboblarga uzatiladi. Robot - jarroh qila oladigan har qanday harakatni bajara oladi, lekin nisbatan past amplitudada. Bu esa robot tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar nixoyatda aniq bajarilishi tufayli yuqori baholanadi. Jarrohning joylashuvi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan laparoskopik jarrohlikdan tubdan farq qiladi. Xususan, shifokor jarrohlik amaliyoti stoli qarshisida turib, operatsiya paytida ishlatiladigan asboblarni bevosita qo‘li bilan ushlab, oldida turgan ekranga qaraydi. Robot yordamida amalga oshiriladigan operatsiya vaqtida esa jarroh konsoldagi qulay stulda, barcha diqqatini operatsiyada jamlash imkoniyati bo‘ladigan sharoitda o‘tiradi. 

Xo‘sh, robotlashtirilgan jarrohlik operatsiyasi qanday bajariladi? Birinchidan, jarroh bemorning tanasiga kichik hajmdagi asboblar va yuqori aniqlikdagi kamerani kiritish uchun bir nechta mayda kesmalar qiladi. Kamera shifokorga jarrohlik maydonining kengaytirilgan, yuqori aniqlikdagi, uch o‘lchamli tasvirini olish imkonini beradi. So‘ngra ergonomik konsolda qulay joylashgan jarroh 3D tasvir va qo‘lidagi asboblarni boshqarish dastagi bilan ko‘rish nazorati ostida manipulyatsiyalarni amalga oshiradi. Tizim real vaqt rejimida jarroh harakatlarini bemor ichidagi asboblarning aniq harakatlariga aylantiradi. Operatsiya davomida jarroh har bir jarrohlik muolajasini nazorat qiladi. Tizimni jarrohning ishtirokisiz dasturlash yoki biron-bir tarzda ishlatish mumkin bo‘lmaydi.

Robot-jarroh ilk marotaba 2000 yilda AQShda qo‘llangan, shundan so‘ng bu texnologiya deyarli butun dunyoda – Yevropa, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Rossiya va nihoyat, O‘zbekistonda mashhur bo‘la boshladi. Bugungi kunda “SHOX INTERNATIONAL HOSPITAL” nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyo hududida ham shunday robotlashtirilgan qurilma o‘rnatilgan yagona klinika hisoblanadi. Ayni paytda klinikamizdagi jarrohlik amaliyoti bilan shug‘illanuvchi barcha xodimlar o‘z malakasini oshirish bilan band. Negaki operatsiyada butun jamoa ishtirok etadi, amaliyot natijasi va bemorning salomatligi har birining kasbiy mahoratiga bog‘liq. “SHOX INTERNATIONAL HOSPITAL” O‘rta Osiyodagi robot-jarroh o‘rnatilgan yagona klinika bo‘lgani uchun kelgusida klinikamizda ushbu tizim yordamida bajariladigan jarrohlik amaliyotlar keng yo‘lga qo‘yiladi. Biz uchun robotlashtirilgan jarrohlik endilikda yangi texnologiya bo‘lmay qoladi.

Klinikamiz ushbu turdagi jarrohlik muolajasini to‘liq o‘zlashtirish va muntazam amaliyotimizga joriy etishni rejalashtirgan. Klinikada har qanday operatsiya noyob hisoblanadi. Har safar har yangi bemor bilan operatsiyaning individual kursi ishlab chiqiladi.

Bugun biz o‘z oldimizga uchta asosiy maqsadni qo‘ydik: ya’ni har qanday jarrohlik muolajasini boshlashdan oldin, birinchisi, o‘simtani yana takrorlanmasligi uchun butunlay olib tashlash, ikkinchisi – asab tugunlariga, siydik ajratish tizimiga va bemor hayoti uchun muhim bo‘lgan boshqa organlarga ta’sir qilmaslik, uchinchidan, bemorning tez tiklanishi va butkul sog‘ayib ketishini ta’minlash uchun minimal qon yo‘qotish bilan jarrohlik amaliyotini amalga oshirishdir. Bunda esa bizga robot-jarroh yordam beradi.

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 70 a.

Telefon: +998712070017

Batafsil

Mikromilov Miraziz Nodir o‘g‘li

Tijorat direktori

Shox International Hospital

Reklama

Top