11:54 / 22.09.2022
3714

Inson huquq va erkinliklari bo‘yicha tekshiruvlarda 15 mingdan ortiq qonunbuzilish holati aniqlandi

O‘tgan 8 oyda inson huquq va erkinliklari himoyasi bo‘yicha o‘tkazilgan 2664 ta tekshiruvda 15 615 ta qonunbuzilish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i Tolib Umarov ma’lum qildi.

Tolib Umarov

Qonunga zid bo‘lgan huquqiy hujjatni bekor qilish hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish borasida 17 449 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, 5,7 mlrd so‘mlik yetkazilgan zarar ixtiyoriy qoplangan, sudlarga qiymati 53,1 mlrd so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan.

Tahlillar asosida o‘rganilganida, nikohdan ajratish haqidagi 18 ta va farzandlikka olish to‘g‘risidagi 13 ta, jami 31 ta hal qiluv qarorlari qalbakilashtirilgani holati bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq prokuratura organlari tomonidan 77 nafar bolaga ixtiyoriy ravishda otalikni belgilanishi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar olib berilishi ta’minlangan.

Top