10:04 / 29.09.2022
3073

O‘zbekiston telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti

O‘zbekistonga 8 oyda 1,9 mln dona telefon import qilingan.

Foto: Jason Lee / Reuters

O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 123 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 925 876 dona mobil telefon import qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 13 ta davlatdan telefon import qilgan. 
 
O‘zbekiston 8 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 1,4 mln dona.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • BAA – 239 ming dona; 
  • Vetnam – 148 ming dona;
  • Hindiston – 127 ming dona;
  • Qozog‘iston – 25 ming dona;
  • Koreya – 2,1 ming dona.
Top