23:31 / 03.10.2022
15374

Mask Qrimni Rossiyaniki deb atab, qayta referendum o‘tkazishni taklif qilganidan so‘ng Tesla aksiyalari narxi pasayishi tezlashdi

Milliarderning ta’kidlashicha, agarda qayta referendum o‘tkazilib, xalq Rossiyaning ketishini istaydigan bo‘lsa, Rossiya bu hududlarni tark etishi kerak.

Foto: Andrew Kelly/Reuters

Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Rossiya-Ukraina nizosini hal qilish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlarida BMT ishtirokida boshqatdan referendum o‘tkazishni hamda Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olishni taklif qildi. U bu haqda o‘z Twitter-akkauntida yozdi.

Maskning fikricha, Ukraina Qrimni suv bilan ta’minlashi lozim, Qrim esa 1783 yildan Xrushchevning xatosigacha bo‘lgan davrdagidek Rossiyaning bir qismi hisoblanadi. 

Ilon Mask agarda qayta referendum o‘tkazilib, xalq Rossiyaning ketishini istaydigan bo‘lsa, Rossiya bu hududlarni tark etishi kerakligini ta’kidladi.

Uning mazkur tvitidan so‘ng Tesla aksiyalari narxi tushishi tezlashdi.

NASDAQ birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyalar narxi 8,47 foizga arzonlashgan.

Kompaniya aksiyalari narxi 3 oktyabr davomida 7 foizga pasaygandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top