17:28 / 14.10.2022
14371

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashganlikda gumon qilingan yana 22 kishi uyiga qo‘yib yuborildi

Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda gumon qilingan 22 nafar fuqaro 14 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya a’zolari taklifi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenges raisining so‘rovi va deputatlar kafolatlari bilan insoniylik tamoyili asosida uylariga qaytarildi.

Foto: Jo‘qorg‘i Kenges axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, namoyishlarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslar sodir etgan jinoyatidan pushaymonligi, oila a’zolari qilgan murojaatlar o‘rganilgan.

Shuningdek, ular oilada yolg‘iz boquvchi ekani va voyaga yetmagan farzandlari borligi ham hisobga olinib, yaqinlari bag‘riga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida deputatlar so‘rovi bilan Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashganlikda gumonlanayotgan 34 nafar shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirilgandi.

Mavzu
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar
1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston markazi Nukus shahrida tartibsizliklar kuzatildi. Milliy gvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kishi yaralangan, 18 kishi halok bo‘lgan.
Barchasi
Top