11:17 / 17.10.2022
3232

O‘zbekiston meva va sabzavotlarni asosan Qozog‘iston va Rossiyaga sotyapti

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga meva va sabzavotlarni eksport qilayotgani ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 760,2 mln AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning 9 oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilyapti – 517,4 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Rossiya – 380 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 121 ming tonna;
  • Xitoy – 61 ming tonna;
  • Afg‘oniston – 26,5 ming tonna;
  • Pokiston – 20,7 ming tonna;
  • Belarus – 18,6 ming tonna;
  • Tojikiston  – 17,7 ming tonna;
  • Turkiya – 11 ming tonna;
  • Eron – 9,3 ming tonna;
  • Gruziya – 6,8 ming tonna;
  • Ukraina – 6,2 ming tonna;
  • Ozarboyjon – 5,5 ming tonna;
  • BAA – 4,2 ming tonna;
  • Germaniya – 2,7 ming tonna.
Mavzuga oid
Top