22:31 / 19.10.2022
23797

Messi sport va texnologiyalarga yo‘naltirilgan investitsiya kompaniyasini ochdi 

Argentina milliy jamoasi va «PSJ» klubi futbolchisi Lionel Messi butun dunyo bo‘ylab sport, media va texnologiyalarga sarmoya kirituvchi xolding kompaniyasini tashkil etdi. 

Foto: Getty Images

Play Time Spors-Tech deb nomlangan kompaniya San-Fransiskoda joylashgan va Messining asosiy sarmoya vositasi bo‘ladi. U futbol texnologiyasi kompaniyalarining startap loyihalariga ko‘maklashadi yoki futbol klublariga sarmoya kiritadi. 

«Men Silikon vodiysida ildiz otayotganimizdan xursandman va Play Time butun dunyo bo‘ylab dadil tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishidan juda mamnunman», dedi Messi o‘z bayonotida. 

Play Time kompaniyasini Razmig Ovagimyan boshqaradi (u Graph Ventures kompaniyasi hamkori), Code Advisors investitsiya banki asoschisi Maykl Markes maxsus maslahatchi sifatida ishlaydi. 

Play Time kompaniyasining birinchi investitsiya dasturi Matchday.com loyihasi bo‘lib, 2022 yilgi jahon chempionati boshlanishidan oldin ishga tushiriladi. 

«2017 yilda Leo va oilasi bilan uchrashganimda ular kelajakka nisbatan dadil tasavvurga ega ekanligi yaqqol ko‘rinib turardi», — dedi Ovagimyan o‘z bayonotida. «Ular maydonda va undan tashqarida ham futbolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishda davom etishni xohlashadi».  

Top