10:38 / 25.10.2022
20060

Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Umrbek Jumaniyazov Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

24 oktyabr kuni Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari 66-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi Farhod Ermanov so‘zga chiqib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini tahlil qildi, mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha galdagi vazifalarga to‘xtaldi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Umrbek Matkarimovich Jumaniyazov Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Tayinlovga qadar u «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

2020 yil aprelidan buyon Gurlan tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Murodjon Achilov 2022 yil yozida Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top