18:54 / 28.10.2022
32453

2022 yilda O‘zbekistonga kelgan rossiyaliklar soni haqida ma’lumot berildi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga kelgan Rossiya fuqarolari soni 318 mingdan oshgan. Rossiyadan turizm maqsadida kelganlar 400 mingga yaqinlashgan.

Foto: RIA Novosti

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Rossiyaning 318 156 nafar fuqarosi O‘zbekistonga kelgan.

Ularning 210 ming 902 nafarini erkaklar, 107 ming 254 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Shuningdek, 109 ming 417 nafarini 18 yoshdan 30 yosh oralig‘igacha bo‘lganlar, 117 ming 625 nafarini 30 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar, 73 ming 858 nafari 55 yoshdan yuqori bo‘lganlar tashkil etadi.

Qayd qilinishicha, dastlabki olti oyda 129 ming nafar Rossiya fuqarosi kelgan bo‘lsa, iyul-sentabr oylarida oqim keskin ravishda oshib, 189 mingdan sal ko‘proq odam kelgan.

Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yilning dastlabki 9 oyida Rossiyadan turizm maqsadida O‘zbekistonga kelganlar sonini ma’lum qildi – 395,1 ming kishi (shu jumladan, sentabr oyida 78,2 ming kishi). Bu ko‘rsatkich 2021 yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 2,1 barobar oshgan.

2022 yilda O‘zbekistonga turizm maqsadida kelgan Rossiya fuqarolari soni (qavs ichida erkaklar va ayollar):

  • Yanvar – 16604 (10381, 6223)
  • Fevral – 14173 (9170, 5003)
  • Mart – 24625 (14589, 10036)
  • Aprel – 29284 (16407, 12877)
  • May – 47493 (26249, 21244)
  • Iyun – 53421 (28169, 25252)
  • Iyul – 61608 (31903, 29705)
  • Avgust – 69648 (35607, 34041)
  • Sentyabr – 78254 (48213, 30041)

21 sentabrda Rossiyada safarbarlik boshlanganidan so‘ng, ko‘plab rossiyaliklar mamlakatni tark etib, birinchi navbatda, vizasiz kirish mumkin bo‘lgan qo‘shni davlatlarga ketishni boshladi. Birinchi haftalarda Rossiya bilan Gruziya, Qozog‘iston, Finlyandiya o‘rtasidagi quruqlik chegaralarida uzun navbatlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, Rossiyadan uchib ketish uchun aviachiptalar narxi sezilarli darajada oshgan edi.

Mavzu
Rossiyada safarbarlik
21 sentabr kuni Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qildi. Ukrainadagi urush uchun yana kamida 300 ming kishi jalb etiladi.
Barchasi
Top