15:39 / 29.10.2022
24107

Mudofaalanayotgan Baxmut va o‘tin g‘amlayotgan ayollar. Urush suratlari

Kiyev shahri va Kiyev oblasti ma’muriyati elektr energiyasi noma’lum muddatga o‘chirilishini anons qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga mamlakatda «qisman safarbarlik» yakunlangani haqida hisobot berdi — lekin hozircha Putinning bu boradagi farmoni imzolanmagan. Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, 80 mingdan ortiq kishi harbiy harakatlar hududiga yo‘l olgan. Zaporijjya oblastining Rossiya tomonidan annexia qilingan qismi ma’muriyati aholini qishki vaqtga o‘tishni ignor qilishga chaqirdi.

Quyida 28 oktyabr, urushning 247-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Vayron bo‘lgan Mariupol

Mariupol dengiz savdo porti hududidagi vayron bo‘lgan bino. Bu Ukrainaning yuk tashiluvchi eng yirik beshta portidan biri bo‘lib, 2015 yilda uning yuk tashish aylanmasi qariyb to‘qqiz million tonnani tashkil etgan, 2021 yilda esa — olti million tonna. Yuklarning asosiy qismi metall prokatlarga to‘g‘ri kelgan, so‘nggi yillarda bug‘doy saqlanuvchi terminal ham barpo etilgandi
AFP / Scanpix / LETA
Mariupol portining harbiy harakatlar chog‘ida shikastlangan binolaridan biri oldidan o‘tayotgan keksa yoshli ayol
AFP / Scanpix / LETA
Mariupol porti hududidagi vayrongarchiliklar
AFP / Scanpix / LETA

Ukraina sharqidagi Rossiya bo‘linmalari 

«DXR»ning «Pyatnashka» internatsional brigadasi jangchisi Avdeyevka yaqinidagi pozitsiyada
Nikolay Trishin / TASS
Iso Masih tasvirlangan bayroq Avdeyevka yaqinidagi pozitsiyada . E’tiborli tomoni 2022 yilga qadar ham Penzen oblasti bayrog‘ida shunday polotno aks etgandi, ammo uning ranggi qizil emas, balki yashil chiziqlar o‘tgan sariq rangda edi
Nikolay Trishin / TASS
Kommunistik mafkura va dialektik materializm asoschilari Karl Marks, Fridrix Engels va Vladimir Lenin aks etgan tasvir «Pyatnashka» brigadasi jangchilari pozitsiyasida
Nikolay Trishin / TASS
Ukrainaning annexia qilingan Luhansk oblasti. Rossiyalik harbiy (fotosurat muallifiga ko‘ra, u «RF armiyasida xizmat qilgan ko‘ngilli») tutashuv chizig‘idagi pozitsiyada
Stanislav Krasilnikov / TASS
Anneksiya qilingan «LXR» harbiy xizmatchilari birga ovqatlanishmoqda
Stanislav Krasilnikov / TASS
«LXR» harbiylari taomi
Stanislav Krasilnikov / TASS
Luhansk oblastidagi qo‘lbola kazarma
Stanislav Krasilnikov / TASS
Luhansk oblastidagi rossiyalik harbiylar
Stanislav Krasilnikov / TASS

Baxmut 

Ukraina qurolli kuchlari tankisti Baxmut hududidagi patrul tarkibida. So‘nggi oylarda shahar uchun intensiv janglar kechmoqda. Rossiya kuchlari, asosan «Vagner» jangchilari shahar atrofiga yetib kelishgan
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutga eltuvchi yo‘l ustida tutun buluti. Shahar Ukraina qurolli kuchlarining yirik logistik markazi hisoblanadi. Severodonetsk va Lisichansk egallangach, Rossiya qo‘shinlari uchun Baxmut frontning ushbu yo‘nalishidagi asosiy maqsadga aylangandi.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutda tankka qarshi konstruksiya. Shahar doimiy zarbalar ostida turibdi, yaqin vaqt ichida shaharga quruqlikdan hujum boshlanishi mumkin
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Baxmutda devordag g​​​raffiti (Ruslar, siz Ukraina kuchlari qo‘lida o‘lim topasiz)
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutda UA Future tashkiloti tomonidan gumanitar yordam sifatida olingan tish pastasini cho‘ntagiga solayotgan kishi
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutdagi bombapana oldida turgan ayol va uning mushugi
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainaning front chizig‘idagi qishloqlari hayoti 

Ukraina janubidagi Mikolayiv shahrida shikastlangan elektr uzatish liniyasi. So‘nggi haftalarda Rossiya dronlar va boshqariluvchi raketalar orqali mamlakat energiya tizimiga hujum qilishni kuchaytirgan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti Kramatorsk rayoni Shandrigolovo qishlog‘ida o‘tin olib ketayotgan ayollar. Janglar va RF qurolli kuchlarining Ukraina energiya tizimiga hujumlari oqibatida qish arafasida isitish tizimi xavf ostida qolgan
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorsk rayoni Drobishevo posyolkasi aholisi pochta kelishini kutmoqda. Ukraina armiyasining sentabr oyidagi qarshi hujumlari evaziga ozod etilgan hududlarda pochta aloqasi tiklangan.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorsk rayonining Shandrigolovo qishlog‘idagi vayron bo‘lgan cherkov gumbazidagi kabutarlar
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Top