15:34 / 31.10.2022
16270

Og‘ir qishga tayyorlanayotgan ukrainlar, Xersonda ozod etilgan qishloq. Urush suratlari

Rossiya Sevastopoldagi kemalarga dron hujumi tufayli Ukraina portlaridan don eksporti bo‘yicha kelishuvdagi ishtirokini noma’lum muddatga to‘xtatdi. RF Mudofaa vazirligiga ko‘ra, dronlardan biri don eksporti bilan shug‘ullanuvchi fuqarolik kemasidan otilgan bo‘lishi mumkin. Keyinroq harbiy idora Mikolayiv oblastining Ochakovo shahridagi Ukraina qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlari o‘quv markaziga zarba bergani haqida xabar qildi. Rossiya tomoni versiyasiga ko‘ra, aynan shu yerda Sevastopol portiga hujum tayyorlangan, Ukraina buni rad etmoqda. Energodarning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati xabar qilishicha, ukrain qo‘shinlari shahar energiya tizimiga zarba bergan, elektr ta’minoti to‘xtab qolgan.

Quyida 30 oktyabr, urushning 249-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmutda gumanitar yordam tarqatilishi

Baxmutlik kishi gumanitar yordam tarqatish punktida bombapanagohlardagi qo‘shnilari uchun non yig‘moqda. Rossiya qo‘shini Baxmutga hujum qilishda davom etmoqda — iyun oyi oxiri va iyul oyi boshlarida Severodonetsk hamda Lisichansk egallangach, ushbu shahar RF armiyasi uchun Donetsk yo‘nalishidagi asosiy nishonga aylangandi. Hozirda rossiyalik harbiylar Baxmutga «Vagner» kuchlarini tashlamoqda, Ukraina qurolli kuchlari esa RF armiyasi mudofaa chizig‘i yorib o‘tilgani va oldinga siljinganini ma’lum qilgan.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutda vayron bo‘lgan bino atrofida turgan kishilar. Shahar urushning ilk davridan buyon zarbalarga duchor bo‘lmoqda. Urushga qadar Baxmutda 73 ming kishi yashagan — hozirga kelib shaharni aholining 90 foizi tark etgan
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutlik kishi velosipedi savatchasiga gumanitar yordam yuklamoqda. Ayni vaqtda shaharda elektr va suv yo‘q, do‘konlar ishlamayapti. Mahalliy aholi ko‘ngillilar tarqatadigan oziq-ovqat, dori-darmonlar va boshqa zarur narsalarga to‘liq qaram.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutliklar vaqtinchalik ko‘prik orqali Baxmutovka daryosidan o‘tishmoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Chernihiv oblastida qishga tayyorgarlik 

Yagodnoye qishlog‘i aholisi kartoshka yig‘moqda. Yagodnoye Kiyevdan 140 kilometr shimolda, Chernihiv atrofida, Belarus bilan chegaraga yaqin joylashgan. Rossiya qo‘shini posyolkani mart oyida egallab olgan va qariyb bir oy o‘z nazoratida saqlab turgan. Yagodnoye Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgach, rossiyalik harbiylar butun qishloq aholisini maktab yerto‘lasida bir oy davomida tutib turgani ma’lum bo‘ldi
Ed Ram / Getty Images
Yagodnoyeda yashovchi kishilar vayron bo‘lgan turar joydan olib chiqilgan isitish radiatorini ko‘zdan kechirishmoqda.
Ed Ram / Getty Images
Yagodnoyeda yashovchi ayol vayron bo‘lgan uy o‘rnida barpo etilgan boshpanada.
Ed Ram / Getty Images
Yagodnoye o‘qqa tutilishidan shikastlangan kvartirada turgan ayol
Ed Ram / Getty Images
Ko‘ngillilar Novoselovka qishlog‘i aholisiga uylar tomini tuzatishga yordamlashmoqda. Urush boshida Novoselovka RF qo‘shinlari harakati yo‘nalishida joylashgan va egallab olingandi. Bu qishloq ham Yagodnoye kabi mart oyi oxirida ozod etilgan.
Ed Ram / Getty Images

Xerson oblastida ozod etilgan qishloq

Knyazevka qishlog‘ida yakson etilgan avtobus. Rossiya qo‘shinlari Knyazevkaga mart oyi o‘rtalarida kirishgan — ikki hafta o‘tib Ukraina qurolli kuchlari qishloqni qaytarib olishgan. Ammo bu yerda hamon elektr va suv bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda.
Carl Court / Getty Images
Knyazevka qishlog‘ida yashovchi keksa yoshli ayol
Carl Court / Getty Images
Knyazevkada yakson etilgan mashina
Carl Court / Getty Images
Rossiyalik harbiylar bir muddat yashagan bolalar bog‘chasidagi holat
Carl Court / Getty Images

Xarkiv atrofida yakson etilgan harbiy texnikalar 

Sentyabr oyida Xarkiv oblastining Izyum shahri atrofida ozod qilingan Kamenka qishlog‘ida rossiyaliklarning yakson etilgan texnikalari. Bu yerda urushning ilk kunlarida shiddatli janglar kechgan. Ukraina nashrlari qishloqda birorta butun uy qolmaganini yozishgan.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top