22:18 / 03.11.2022
27125

Dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingi yetakchisi o‘zgardi 

Holand Transfermarkt talqini bo‘yicha Mbappeni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. 

Foto: Getty Images

Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingining yangilangan versiyasini e’lon qildi. 

«Manchester Siti» va Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand reytingning yakka peshqadami bo‘lib turibdi, uning transfer narxi 170 million yevroga baholangan. 

«PSJ» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe (160 million yevro) ikkinchi o‘ringa tushdi, «Real» va Braziliya milliy jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Vinisius (120 million yevro) uchinchi o‘rinda qoldi. 

Holandning jamoadoshi, «Manchester Siti» va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Fil Foden (110 million yevro) to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Kuchli beshlikni «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Pedri (90 million yevro) yakunlab bergan. 

Erling Holand 2022/23 mavsumida «Manchester Siti» tarkibida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan. 

Mavzuga oid
Top